Sinchi haqida
Sinchi ishlatilgan mashina sotib olayotgan odam uchun qilingan. Maqsad oddiy: shu narx to‘g‘rimi, buni pul berishdan oldin bilish.
Raqamlar qayerdan olinadi
Narxlar OLX.uz’dagi ochiq e’lonlardan hisoblanadi: oxirgi 90 kunda 11 538 ta e’lon, 33 ta model, 155 ta model va yil. Dollardagi narx O‘zbekiston Markaziy banki kursida so‘mga aylantiriladi.
Bu nimani anglatmaydi
Bu so‘ralgan narx, sotilgan narx emas. Biz mashinani ko‘rmaymiz: urilgan-urilmaganini, kraskasini yoki hujjatini faqat usta va rasmiy tekshiruv aytadi.
Nimani qilmaymiz
Sotuvchilarning telefon raqami va shaxsiy ma’lumotini yig‘maymiz. E’lonlar matni va rasmlarini saytda ko‘rsatmaymiz. Bu saytda faqat bizning hisob-kitobimiz bor. Sinchi OLX.uz va Avtoelon.uz bilan bog‘liq emas.