Savollar

Narx qanday hisoblanadi?

Oxirgi 90 kunda OLX.uz’da joylangan e’lonlarni bir xil model va yil bo‘yicha guruhlaymiz. Kredit, lizing va bo‘lib to‘lash e’lonlari hisobga kirmaydi: ularning narxi to‘liq narx emas. “O‘rtacha” e’lonlarning aynan o‘rtasidagi narx (mediana), “oddiy oraliq” esa o‘rtadagi yarmi.

Bu sotilgan narxmi?

Yo‘q, bu e’londagi so‘ralgan narx. Kelishuvda narx o‘zgarishi mumkin. Mashina holatini biz ko‘rmaymiz, shuning uchun uni mustaqil ustaga ko‘rsating.

Nega ba’zi yillar yo‘q?

Yil sahifasi uchun kamida 20 ta e’lon kerak. Kamroq bo‘lsa, ishonchli narx aytib bo‘lmaydi, shuning uchun aytmaymiz.

Bot pullikmi?

Filtr va xabarlar bepul: mos e’lon 30 daqiqa kechikib keladi, bir vaqtda 2 tagacha. Obuna bilan e’lonlar darhol keladi, bir vaqtda 5 tagacha. Obuna 7 kunga 170 ⭐, 30 kunga 210 ⭐ (Telegram Stars).

Telefon raqamni ko‘rsatasizlarmi?

Yo‘q. Sotuvchilarning telefon raqamlarini yig‘maymiz va saqlamaymiz: bu shaxsiy ma’lumot. “E’lonni ochish” tugmasi e’longa olib boradi, telefon o‘sha yerda.

Qayta sotuvchini qanday bilaman?

Sotuvchi 30 kunda shu saytga nechta e’lon qo‘yganini sanaymiz: ko‘p bo‘lsa, qayta sotuvchi bo‘lishi mumkin. Biznes akkaunt e’lonlarini umuman yubormaymiz. Bu ehtimol, aniq hukm emas.

E’lon havolasini yuborsam nima bo‘ladi?

Bot e’lonni bazadan topib, bozor narxi, narx tarixi va sotuvchi haqida javob beradi. E’lon hali bazamizda bo‘lmasa, shuni aytadi. Havolangiz javob uchun o‘qiladi va saqlanmaydi.